"Real" Yildiz transferini ko'rib chiqmoqda

4 okt 2026, 16:51
Madridliklar turkiyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Madridning "Real" klubi kelasi yozgi transfer oynasida turkiyalik yarim himoyachi Kenan Yildizni xarid qilish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati futbolchining transfer qiymatini 100 million evroga baholamoqda. O'yinchi atrofidagi vaziyatni, shuningdek, Londonning "Arsenal" va Myunxenning "Bavariya" klublari ham diqqat bilan kuzatib borayotgani xabar qilingan.

Kenan Yildiz 2023 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 21 yoshli turkiyalik hujumkor yarim himoyachi klub safida bitta o'yinda maydonga tushdi va mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport