"Real" van Deykni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi

Alisher
11 fev 2021
"Qirollik klubi" gollandni xarid qilmoqchi.

Madridning "Real" klubi barcha kuch bilan mudofaa chizig'ini kuchaytirishga urinadi. "Qaymoqranglilar" bu borada "Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deykni nishonga olgan.

Ispan grandi o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Van Deykka yiliga 10 million funtlik shartnoma taklif qilinadi.

Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisi yozda erkin agentga aylanadigan Serxio Ramosning o'rnini egallaydi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports