

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Real" va futbolchi tomoni uni turnirdan chalg'itmaslik uchun JCH-2026 yakunlangandan so'ng yangi kelishuvni muhokama qilishga qaytishga kelishib olgan.
Asosiy kelishmovchilik moliyaviy shartlar bo'lib qolmoqda. Hozirgi kelishuvga ko'ra, 25 yoshli hujumchi bir mavsumda taxminan 20 million evro maosh oladi, braziliyalik tomon esa maoshini yiliga taxminan 30 million evrogacha oshirishni kutmoqda. "Real" bunday shartlarni ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi.
Vinisius 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 140 million evroga baholamoqda.



