

"Liverpul"ning sobiq murabbiyi jamoani boshqarishga rozilik berdi. Uzoq muddatli shartnoma tafsilotlari, loyiha tafsilotlari va mutaxassisning “Red Bull”dan ketish shartlari hali muhokama qilinmoqda, biroq milliy jamoani aynan u boshqaradi.
Klopp futbol yo'nalishi uchun mas'ul bo'lgan "Red Bull”da Oliver Glasnerni o'rinbosar sifatida ko'rib chiqishgandi, ammo u "Nottingem Forest" bilan shartnoma imzoladi.



