

Manbaga ko'ra, klub 63 yoshli portugaliyalikning tayinlovini La Liganing 38-turidan o'rin olgan "Atletik" Bilbao bilan o'yindan keyin e'lon qilmoqchi, bu jamoaning mavsumdagi so'nggi uchrashuvi bo'ladi. Bahs 24 may kuni bo'lib o'tadi.
Jurnalist Yag'iz Sabinjio'g'lining xabar berishicha, "Real" murabbiy uchun "Benfika"ga 6 million evro to'lashi ko'zda tutilgan.
Mourinyu bungacha 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"da ishlagan. Madridliklar uning qo'l ostida chempionat g'olibi bo'lgan, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, 2004 yildan beri birinchi marta Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan muvaffaqiyatli o'tgan.
U "Real"ni tark etganidan so'ng "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Roma", "Fenerbaxche" jamoalariga murabbiylik qildi. 2025 yilning sentyabridan buyon "Benfika"da faoliyat yuritib kelmoqda.



