Mourinyu "Real"ga qaytish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

11 may 2026, 10:05
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real"da bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanish bo'yicha klub bilan hech qanday aloqa qilmaganini ma'lum qildi.

"Real"ga qanday talablar qo'yganim haqida tushunmayman. Men klub prezidenti bilan ham, rahbariyatning boshqa vakillari bilan ham hech qanday aloqa qilmaganman", - dedi murabbiy A Bola nashriga bergan intervyusida.

"Hozir men hech kim bilan gaplashmayapman. Mavsumning so'nggi o'yinidan keyin, agar zarur deb hisoblasam, o'z kelajagimi haqida o'ylashga vaqt bo'ladi. Qolgani faqat mish-mish, - deb fikr bildirdi Mourinyu.

62 yoshli mutaxassis 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan. Madrid klubi bilan u Ispaniya chempionligi, Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.


Manba: sportmail.ru