

AS nashrining xabar berishicha, Mersisayd klubi ispaniyalik murabbiyning "qirollik klubi"dagi ishi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun "Real" bilan bog'langan. Manbaga ko'ra, "Liverpul" rahbariyati Alonsoning ehtimoliy tayinlovidan oldin "tavsiya xati" so'ramoqda.
Trent Aleksander-Arnoldning 2025 yilning yozida "Real"ga o'tishidan keyin klublar o'rtasidagi keskinlik yuzaga kelganiga qaramay, tomonlar ishonchli munosabatlarni saqlab qolmoqda.
Xabi Alonso o'tgan yozda "Real"ni qabul qilib olgan, ammo 12 yanvar kuni klub murabbiy bilan hamkorlikni tugatganini e'lon qilgan edi.



