

Gravenberx Federiko Valverde bilan bo'lgan kelishmovchilik tufayli "Real"dagi kelajagi shubha ostida qolgan Orelen Chuamenining o'rnini egallashi mumkin. O'tgan oyda Gravenberx "Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolagani ma'lum bo'ldi, klubda "qaymoqranglilar”ga futbolchini qo'yib yuborishga ishontirish oson bo'lmaydi.
Rayan Gravenberx 2024 yilda "Bavariya"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 48 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



