"Real" Chuameni va Valverdeni klub reglamenti orqali jazolamoqchi

7 may 2026, 23:50
"Real"dagilar yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Chuameniga qattiq jazo bermoqchi.

O'zaro janjallashganlarga klubning ichki tartib-intizom reglamenti orqali jazo berilishi mumkin. Unga ko'ra futbolchilar:

- 3tadan 20ta o'yingacha chetlatilishi mumkin;

- 3tadan 20ta o'yingacha bo'lgan vaqt orasidagi maosh ushlanib qolishi mumkin;

- hech qanday kompensaciya pullarisiz shartnoma bekor qilinishi mumkin;

- "noprofessional xatti-harakatlari uchun" futbolchilar transferga qo'yilishi mumkin.


Manba: x.com/MelchorRuizCope