Ravshan Haydarov: "Futbolchilarimiz maydonda bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 14:15
O'zbekiston U-23 terma jamoasi ustozi Ravshan Haydarov Osiyo o'yinlari yarim finalidan o'rin olgan Yaponiya bilan o'yindan (1:1, penaltilar bo'yicha - 8:9) keyin fikrlarini bildirdi.

“Juda og'ir va dramatik voqealarga boy yarim final bo'ldi. O'yin biz uchun ajoyib boshlandi: yuqori tempda harakat qilib, birinchi bo'limdayoq tashabbusni o'z qo'limizga olishga muvaffaq bo'ldik. Gol urish uchun yana imkoniyatlarimiz bor edi, bir qator xavfli qarshi hujumlar tashkil etdik, biroq ulardan unumli foydalana olmadik.

Yaponiya ham juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va bahsni nazorat qildi. Avvalgi Osiyo Kubogidagi to'qnashuvda ham penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandik, bugun ham xuddi shu holat takrorlandi. Bu omadsizlik bo'ldi deb o'ylayman, ammo futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Ular maydonda bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi”, – dedi tajribali mutaxassis.

O'zbekiston endi ertaga bronza medallari uchun kechadigan 3-o'rin uchun bahsda Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football-zone.net