Rasmiy xabar: "Andijon" Otabek G'ulomxo'jaevni iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
29 apr 2021
2020 yilning noyabr oyida "Andijon" bosh murabbiyiga aylangan Otabek G'ulomxo'jaevni klub rahbariyati iste'foga chiqarishga qaror qildi.

"Andijon" jamoasi Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligida 11 rasmiy uchrashuv o'tkazdi. Shularning: uchtasida g'alaba, bir durrang va etti uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. 

"Andijon" Otabek G'ulomxo'jaevga keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати