Rasman: Tuxel “Chelsi” himoyachisi jamoani tark etishini aytdi

Eldor Akmurzayev
25 apr 2022
“Chelsi” ustozi Tomas Tuxel jamoa a'zosi Antonio Ryudiger klubni tark etayotganini tasdiqladi.

“U kyetishni xohlaydi, vaziyat shunday. U bu haqda menga o'zaro suhbatimizda aytib berdi.

Men ham, klub ham hamma narsani qilib ko'rdik, ammo sankciyalar sabab u uchun kurashni davom ettirolmadik. Qo'llarimiz bog'langan. Bu uning shaxsiy qarori deb hisoblamaymiz.

U bizning futbolchimiz va mavsum yakuniga qadar shunday bo'lib qoladi ham. Biroq, holat hafsalani pir qiladi. Uni juda sog'inamiz. U jamoadoshlarini kuchliroq qiladi, ularga 50-55 o'yinni qoyilmaqom darajada o'tkazish uchun iroda bera oladi.

Men uchun esa u oxirgi 1,5 yil ichidagi eng yaxshi himoyachilarimdan biridir. Yangi echim izlashimiz lozim”, deydi nemis mutaxassisi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport