

Neapol klubi daniyalik forvardni o'z safiga qo'shib olgani haqida e'lon qildi.
Insayder Fabricio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, italiyaliklar futbolchini 6 mln. evroga ijaraga olishdi. Ular ma'lum bir shartlar bajarilsa Xeylundni 44 mln. evroga sotib olishga majbur bo'lishadi.
Xeylund o'tgan mavsum MYU safida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.



