Rasman: Konor Gallaxer "Atletiko"dan "Tottenxem"ga o'tdi. Transfer summasi aniq

Administrator
14 yanv 2026, 21:31
Konor Gallaxer "Tottenxem" jamoasi safiga qo'shildi.

"Tottenxem" Konor Gallaxerni "Atletiko"dan o'z tarkibiga qo'shib olganini ma'lum qildi. 25 yoshli yarim himoyachi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Gallaxer bilan tuzilgan kelishuv 5,5 yilga - 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. 

Avvalroq xabar qilinganidek, transfer summasi 40 million evroni tashkil etadi.Gallaxer 2024 yil yozidan beri "Atletiko" safida to'p surardi. U "Chelsi"dan 42 million evro evaziga transfer qilingan edi. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi La Ligada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi.



AdministratorMuallif
Manba: https://www.tottenhamhotspur.com/