Rasman: Joze Mourinyo - "Roma" bosh murabbiyi!

Mirjalol Normatov
4 may 2021
O'tgan oyda "Tottenxem"dan iste'foga chiqqan Joze Mourinyo ko'p vaqt ishsiz yurmaydigan bo'ldi.

Portugaliyalik mutaxassis 2021/22 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin "Roma" boshqaruvini o'z qo'liga oladi. Klub matbuot xizmati bu haqida rasmiy ma'lumot taqdim qildi.

Unga ko'ra, Rim klubi Mourinyo bilan 2024 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

"Roma" kabi buyuk klubning bir qismi bo'lishimda yordam bergan Rayan Fridkinga o'z minnatdorligimni bildiraman. Olg'a, "Roma"!", - dedi Mourinyo.

Bugun klub ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Paulo Fonseka bilan shartnomaning uzaytirilmasligini ma'lum qilgandi.

Qayd etish kerak, bugungi kunga qadar ham "Roma" boshqaruvida Mauricio Sarrini ko'rishimiz mumkinligi Italiya matbuoti tomonidan ko'p bora aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN