QPL. "Turon" mehmonda minimal hisobda "Qaysar"ga mag'lub bo'ldi, jamoa safida to'rt nafar o'zbekistonlik harakat qildi

Alisher Ostonov
18 may 2025, 20:40
Qozog'iston Premer-ligasi 9-tur doirasidagi "Qaysar" - "Turon" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida Odil Abdumajidov, Xurshid Muxtorov va Behruz Asqarov (80-daqiqada ogohlantirish) to'liq harakat qildi, Shahboz Umarov esa tanaffusdan so'ng maydonga chiqdi.

O'yin taqdirini esa 79-daqiqada Aybar Jaksilikov tomonidan penaltidan urilgan gol hal qildi.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia