Qozog'iston terma jamoasi Cherchesov qo'l ostida 0:15 to'plar nisbati bilan Millatlar ligasi antirekordini o'rnatdi

Alisher
18 noya 2024
Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasi umumiy o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha (0:15) Millatlar ligasi antirekordini o'rnatdi.

Milliy jamoa bugun UEFA Millatlar ligasi 3-guruh 6-tur doirasida Norvegiya terma jamoasiga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shunday qilib, qozoq milliy jamoasi joriy mavsum bir bor durang va besh bor mag'lubiyat qayd etgan holda birorta o'yinni yuta olmadi. Qozog'iston terma jamoasi o'yinlar natijalariga ko'ra B diviziondan C divizionga ravona bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia