Qozog'iston futbol federatsiyasi Cherchesov oldiga qanday vazifa qo'ygan?

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2024
Qozog'iston futbol federatsiyasi (QFF) rahbari Adlet Barmenkulov bu yil ilk bor Yevropa chempionatiga chiqqan va pley-off bosqichiga yo'l olgan Gruziya terma jamoasidan ilhomlangani haqida gapirdi.

"Shu o'rinda bir jihatga e'tibor qaratish lozim: Gruziya terma jamoasi futbolchilarining deyarli barchasi xorijning yetakchi klublarida to'p tepadi. Bizda bunday futbolchilar hozircha 4 nafar: Zaynutdinov, Alip, Aymbetov va Orazov. Qozoq futbolini tanitishda Stanislav Cherchesovning o'rni ham muhim. U Yevropada taniqli shaxs. Va bu biz uchun juda qiziq. 

Cherchesov oldida turgan vazifalardan biri terma jamoa futbolchilari, yani jamoaning kamida 50 foiz o'yinchilari xorij klublarida o'ynashini taminlash. Faqat bosh murabbiy o'z futbolchisini taqdim etishi va nimalarga qodirligini ko'rsatishi mumkin. Cherchesov bu borada katta yordam beradi deb umid qilamiz", – dedi Barmenkulov.



Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlaydi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kazfootball.kz