"Qo'qon-1912" legionerlari karantin davrini qanday o'tkazishmoqda?

Alisher
15 apr 2020
Xabaringiz bor "Qo'qon-1912" jamoasida uch nafar legioner futbolchilar to'p surishadi.

Filip Rayevac hamda Ivan Yosovichlar Serbiya davlati fuqarolari bo'lsa, yana bir legioner Yakuba Bamba esa Kot-d’Ivuar mamlakatidan tashrif buyurgan. 

Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin e'lon qilinganiga ham bir oy bo'ldi. Mana shu o'tgan davrda "Qo'qon-1912" jamoasining barcha a'zolari o'z uylarida mashg'ulot qilib turishibdi. Uch nafar legioner futbolchilarga esa jamoa rahbariyati Qo'qon shahrida o'zlarini izolyaciya qilishlari uchun sharoit yaratib berishgan. Legionerlar ham karantin qoidalariga to'liq amal  qilgan holda o'z sport formalarini ham saqlab turishibdi. Klub shifokorlari ularning sog'liklarini doimo nazorat qilib turishibdi. Jamoa bosh murabbiyi har uchchala futbolchi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali doim aloqada bo'lib, ularga kundalik mashg'ulotlar dasturini yuborib turibdilar.  Jamoa tomonidan legioner futbolchilar uchun alohida mutaxassis ajratilgan bo'lib, ularning kun tartiblari nazorat qilib turilibdi.

Legionerlar bo'sh vaqtlarida kitob o'qishlari va oila a'zolari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Legionerlarning kayfiyatlari yaxshi, ular intizorlik bilan karantin muddati tugashini kutib turishibdi.


AlisherMuallif
Manba: kokand1912.uz