“Qizilqum” bilan o'yinda almashtirilishim “So'g'diyona”dan ketishimga sabab bo'lgani yo'q yoxud Filiposyan bilan suhbat

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2022
Mavsumni “So'g'diyona”da boshlagan tajribali himoyachi Artyom Filiposyan davralar oralig'ida jamoasini almashtirdi.

34 yoshli futbolchi AGMKga ko'chib o'tdi. Shundan keyin biz Filiposyan bilan bog'lanib, yangi jamoasiga o'tishi borasida fikrlariga quloq tutdik. 

- AGMKga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Oddiy tarzda amalga oshdi. Ikki klub o'zaro kelishgan holda kelishuvga erishdi. Shu tariqa, AGMKga o'tishim amalga oshdi. 

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv 1,5 yillikga mo'ljallangan. 

- “So'g'diyona”ni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?

- Hech qanday sabab yo'q. Yuqorida aytganimdek, ikki klubning o'zaro kelishuvi asosida amalga oshirildi. 

- Biroq jizzaxliklar safiga katta  maqsadlar bilagn kelgandingiz. Chempionat va OFK kubogida yuqori maqsadlarni qo'ygandingiz?

- Yil boshida shunday degandim va oxirgi o'yinlarni o'ynadim. Niyatlar yaxshi va jiddiy edi. Nima bo'lgan taqdirda bu endi o'tmishga aylandi.



- “Qizilqum” bilan o'yinni birinchi bo'limidayoq almashtirildingiz. Ketish sababi shundami?

- Yo'q. Darhaqiqat, “Qizilqum” bilan o'yinda butun jamoaning o'yini qovushmadi. Qolaversa, raqib ham juda yaxshi harakat qildi. Futboda mana shunday holatlar ham bo'lib turadi. 

- AGMKda raqobat juda yuqori. Bu sizni aslo cho'chitgani yo'qmi?

- AGMKga o'tganimdan  juda mamnunman. Olmaliqliklarga qo'limdan kelgancha yordam berishni  istayman. Raqobat hamma joyda bor. Bunga har doim tayr bo'lib kelganman. Yoshim 34da va o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Raqobatdan cho'chiganim yo'q.

- Legioner bo'lishingiz uchun xorijdan takliflar bo'lganmidi?

- Takliflar bo'ldi. Ammo, oilamni davrasida ko'proq vaqtimni o'tkazishni istadim va bo'lgan barcha takliflarni rad qildim.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia