Qadamboy Nurmetov: “O'zimni kuchli klublarda sinab ko'rishga tayyorman”

Narzulla Saydullayev
14 dek 2019
Samarqandning “Dinamo” jamoasi mavsum yakunlariga ko'ra turnir jadvalida so'ngi o'rinni egalladi va to'g'ridan to'g'ri Pro-Ligaga tushib ketdi.

Bunga omillar ko'p. Uning sabablarini izlash esa alohida mavzu hisoblanadi. Biz esa birinchi davrada ijobiy taasurot qoldirgan hujumchi Qadamboy Nurmetov bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Avvalo “Dinamo”ning joriy mavsum Superligadagi ishtirokiga to'xtalib o'tsangiz. Birinchi davrani jamoa ajoyib tarzda o'tkazgandi. Lekin, futbolchilardagi o'ziga bo'lgan ishonch va kuch ikkinchi davraga kelib yo'qoldi...
- O'zimni fikrimni bildirsam. Bizga shijoa yoki ishonch emas, barqarorlik etishmadi. Bitta o'yinimizni va uslubimizni ushlay olmadik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng bosim yuzaga keldi. Og'ir vaziyatdan chiqib keta olmadik. O'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ydik.



- Balki, murabbiylar futbolchilarni ruhiy tomonlama yaxshi tayyorlay olmagandir. Odatda jamoa qiyin vaziyatga tushib qolganida, murabbiylarning maxorati asosiy planga chiqadi...
- Murabbiylar yaxshi ishlashdi. Ularga aybni ag'darish noto'g'ri. Hamma ayb biz futbolchilarda. Ruhiy tushkunlikka tushib qolganimizdan so'ng, uni engib o'tish qiyin bo'ldi. Tajribasizligimiz pand berdi.

- “So'g'diyona”, “Navbahor” va "Lokomotiv" jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda muhim gollarni urdingiz. O'sha payt qalbingizdan qanday hislar kechdi?
- To'g'risi, buni so'z bilan ifodalab berolmayman. O'sha onlarda mendan baxtli inson yo'q edi. Gol urib, jamoangga oz bo'lsada foyda keltirishning zavqi boshqacha bo'ladi.

- Yangi klublardan chorlovlar bo'lyaptimi? O'zingizni yuqori darajadagi jamoalarda sinab ko'rish orqali tajribangizni yanada oshirish imkoniyati bo'lishi mumkin...
- Hozircha kuchli jamoalardan takliflar yo'q. Agarda, bo'lsa o'zimni sinab ko'rishga tayyorman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia