

18 yoshli o'yinchi mavsumni juda yaxshi o'tkazyapti va Portugaliya chempionatining asosiy yulduzlaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda u chempionatning 19 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi vaqtlarda u Portugaliyaning kattalar terma jamoasiga chaqirilmoqda.
Agar kutilmagan voqea yuz bermasa, "Benfika" Sanchesni o'zi uchun rekord hisoblangan mablag'ga sotishi mumkin. Amaldagi rekord Aksel Vitselga tegishli, Portugaliya klubi uni 40 mln. evro evaziga "Zenit"ga sotgan edi.



