PSJ "Real" yarim himoyachisi Valverdening atrofidagilar bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 17:31
Parij klubi "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdega qiziqmoqda.

Jurnalist Markos Benitoning "El Chiringuito" efirida ma'lum qilishicha, parijliklar allaqachon urugvaylik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan. Biroq, bu Valverde "Real"ni tark etmoqchi yoki madridliklar unga yangi jamoa izlashni aytgan degani emas.

Avvalroq, o'tgan hafta jamoaviy mashg'ulot paytida Valverde kiyinish xonasida Orelen Tchuameni bilan mushtlashib qolgani haqida xabar berilgandi. Natijada urugvaylik futbolchi yiqilib, stolga urilgan va bosh miya jarohatini olgan. Klub har ikki futbolchini 500 ming evrodan jarimaga tortdi.

Joriy mavsumda Valverde La Ligada 32 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito