PSJ "Liverpul"ni mag'lub etdi: Xvichadan gol, Safonovdan "quruq" o'yin

Aslanov Jasurbek
9 apr 2026
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi PSJ va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi.

Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvni ispaniyalik hakam Xose Sanches Martines boshqarib bordi.

O'yinning 11-daqiqasidayoq PSJ hujumchisi Dezire Due hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bahsning 65-daqiqasida esa vinger Xvicha Kvaratsxeliya parijliklarning ikkinchi golini kiritib, yakuniy hisobni o'rnatdi. PSJ darvozaboni Matvey Safonov bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

PSJ - “Liverul” 2:0

Gol: Due 11, Kvaratsxeliya 65.

PSJ: Safonov, Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh, Zair-Emeri, Vitinya, Nevesh, Due, Dembele, Kvaratsxeliya.

"Liverpul": Mamardashvili, Gomes, Konate, van Deyk, Kerkez, Gravenberx, Mak Allister, Soboslai, Virc, Frimpong, Ekitike.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni Liverpuldagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia