PSJ "Lans"ni mag'lub etib, Fransiya chempioniga aylandi

Aslanov Jasurbek
14 may 2026, 02:06
Fransiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 29-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs yakunlandi.

Unda "Lans" va PSJ jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Lansdagi "Bollar-Delelis" stadionida kechgan uchrashuvni bosh hakam Benua Basten boshqarib bordi. O'yin mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvdagi ilk golni 29-daqiqada PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya kiritdi. Bahsning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 90+3-daqiqada esa Ibragim Mbaye mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.

“Lans” - PSJ 0:2
Gollar: Kvaratsxeliya 29, Mbaye 90+3.



Ushbu g'alabadan so'ng PSJ muddatidan oldin Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoa 76 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Lans" esa 67 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Chempionat yakuniga qadar bitta tur qolgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia