PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldum "Al Ittifoq"qa o'tadi

Mirjalol Normatov
1 sen 2023
PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldum Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga yaqin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, PSJ va Stiven Jerrard boshqaruvidagi "Al Ittifoq" futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishgan. Unga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 32 yoshli futbolchining transferi uchun 8 mln evro to'laydi.

O'tgan mavsumda Veynaldum "Roma" tarkibida ijarada harakat qildi va A Seriyada 14 o'yinda qatnashdi. PSJga qadar u "Liverpul" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe