Prevyu. Bugun "So'g'diyona" Toshkentda "sherlar" mehmoni bo'ladi

Khoja
15 avg 2025
Bugun Superliganing 19-tur bahslariga start beriladi.
Turning ilk turi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Unda Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" Toshkentning "Paxtakor" jamoasi mehmoni bo'ladi.

O'zaro o'yinlar

Jamoalar milliy chempionat bahslarida jami 59 marta to'qnash kelishgan. Ustunlik to'liq mezbonlar tomonda deb aytsa bo'ladi. Ushbu bahslarning 44 tasida Toshkent jamoasining g'alabasi bilan yakunlangan. 8 ta uchrashuvda jizzaxliklarning qo'li baland kelgan. Shuningdek, yana 7 ta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. "Sherlar" o'zaro o'yinlarda jami 135 ta gol urishga erishgan bo'lsa, "bo'rilar" hisobidagi gollar soni 49 tani tashkil qiladi.

"Paxtakor" o'zaro uchrashuvlardagi eng katta g'alabasiga 2008 yilda erishgan. O'shanda Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda toshkentliklar raqiblarini 6:1 hisobida taslim etishni uddalagan. "So'g'diyona"ning eng yirik g'alabasiga esa 33 yil bo'ldi. Jizzaxliklar 1992 yilda "Paxtakor"ni 4:1 hisobda taslim etgan.

Jamolarning ilk davradagi uchrashuvi Jizzaxda bo'lib o'tgandi. O'shanda Doriev va Jorjevichning gollari "So'g'diyona"ga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.

"So'g'diyona" - "Paxtakor" 2:0 

Gol: 46 - Lupche Doriev (Jorjevich), 51 - Jorjevich (Ahadov)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sopenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

"So'g'diyona": Mitrovich (Sobirov, 90), Jo'raboev, Qobilov, Ahadov, Mustafoqulov, Izzatov, Doriev ( Sindarov, 90), Qahramonov, Andreev (Soyibov.73), Jorjevich (Mavlonqulov, 87), Sultonov ( Panshanbe,73).

Zaxira: Jumatov, Rashidov, Nurmatov, Omonkeldiev, 

"Paxtakor": Jonatan, Alijonov, Abdullaev, Hamraliev (Abdumajidov, 16), Adhamzoda (Mahammadjonov,56), Lukka, Sobirxo'jaev, O'rinboev ( Jo'raqo'ziev,56), Hamdamov ( Resan,80), Flamarion, Sergeev.

Zaxira: Nazarov, Ibragimov, Ortiqboev, Usmonov,  Saitov.

Ogohlantirish: 24 - Qahramonov, 24 - Flamarion, 45+5 - Jo'raboev, 63 - Lukka

Jamolarning o'zaro so'nggi beshta uchrashuvdagi natijalari bilan tanishing:

06.04.2025. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:2

26.08.2024. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1

30.03.2024. "Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:3

24.09.2023. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1

15.04.2023. "Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:1

"So'g'diyona"ning Superligadagi so'nggi beshta uchrashuvdagi natijasi bilan tanishing:

10.08.2025. "So'g'diyona" - "Mashal" 2:0

08.08.2025. "Navbahor" - "So'g'diyona" 1:1

02.08.2025. "So'g'diyona" - "Nasaf" 1:2

04.07.2025. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" 2:1

29.06.2025. Bunyodkor -  "So'g'diyona" 3:2

"Paxtakor"ning Superligadagi so'nggi beshta uchrashuvdagi natijasi bilan tanishing:

11.08.2025. "Dinamo" - "Paxtakor" 1:1

05.08.2035. "Paxtakor" - OKMK 1:2

01:08.2025. "Mashal" - "Paxtakor" 0:1

06.07.2025. "Paxtakor" - "Navbahor" 2:0

27.06.2025. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:2

Jamoalarning bugungi uchrashuvini Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

“Paxtakor” - “So'g'diyona”

15.08.2025

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Kristina Sereda

Komissar: Shahzod Xolboev

"Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi  bugun 19:00 da "Jar" stadionida start oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia