

"Yansenning yomon formasi - bu men uchun muammo emas. Yanssen faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni o'tkazayotgani yo'q, ammo u yosh va bu uning APLdagi ilk mavsumi. Vinsent bilan ko'p marotaba suhbatlashdim. Hammasi joyida. U o'zini bo'sh qo'yib, shug'ullanishda davom etishi va maydonga tushish imkoni bo'lganda, o'z mahoratini ko'rsatishi kerak.
Asosiysi, biz unga ishonamiz. Agar u bor kuchi bilan harakat qilsa, hammasi joyida bo'ladi" - deydi Pochettino.



