Maurisio Pochettino: "Tottenxem" va "Real" bilan muzokaralar yo'q, bor e'tiborim AQSH terma jamoasida"

Aslanov Jasurbek
31 mar 2026, 01:31
AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uning "Tottenxem" yoki Madridning "Real" klubiga o'tishi borasida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Argentinalik mutaxassis ayni damda faqat Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotganini ta'kidladi: "Hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Biz bor e'tiborimizni mundialga qaratganmiz. Barcha biladiki, mening terma jamoa oldida majburiyatlarim bor. Hozir kelajak haqida gapiradigan vaqt emas".

Shuningdek, Pochettino hozircha unga hech kim murojaat qilmaganini, biroq kelajakda voqealar rivoji qanday bo'lishini hech kim bilmasligini qo'shimcha qildi. "Agar federatsiya ishimizdan mamnun bo'lsa, AQSHda qolishga tayyormiz, nega endi yo'q?" - dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, AQSH terma jamoasi bo'lajak Jahon chempionatining mezbonlaridan biri hisoblanadi va muxlislar Pochettino qo'l ostidagi jamoadan yuqori natijalar kutishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/jacobsben