

Klubdagi vaziyat juda muhim nuqtaga etdi: Tomas Frankning ishdan bo'shatilishi va vaqtinchalik murabbiy Igor Tudor qo'l ostida bir qator nomuvofiq natijalardan so'ng londonliklar turnir jadvalida 17-o'rinni egallagan holda, xavfli hududga yaqin turibdi.
Shuni takidlash kerakki, muxlislarning klub rahbariyatiga bosimi kun sayin ortib bormoqda. Tribunadagi muxlislar ham 2019 yilda jamoani Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan argentinalikning nomini tilga olishmoqda.



