Pochettino: "Chempionlar ligasi 1/8 finalida top-klub bilan to'qnash kelmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2017
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar ligasi 1/8 finalida top-klub bilan to'qnash kelishni istamoqda.

Qur'a tashlash marosimi bugun bo'lib o'tadi.

"Real" va boshqa top-klublarga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman. Eng yaxshi klublar bilan raqobatlashishini istayman. Bunday klublarga qarshi o'yinlar biz uchun katta imtihon.

Agar sen kuchli jamoaga qarshi o'ynasang, bu har bir futbolchini ilhmolantiradi. Bunday bo'lmasa, biz oson yutishimizni aytishadi. Kuchli jamoalarga qarshi bahslarda doimo bor kuchimizni ishga solishga intilamiz" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph