

"Qaymoqrangliklar" 2025/26 mavsumida birorta ham sovrin yuta olmadi.
Peres muammoning ildizi 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida deb hisoblamoqda. Turnir 14 iyundan 13 iyulgacha AQSHda o'tkazilgan, "Real" unda yarim finalga chiqqan, lekin PSJga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan.
"Biz klublar o'rtasidagi jahon chempionatini ayblaymiz. Biz mavsumoldi yig'inni to'liq o'tkaza olmadik, har uch kunda o'yin o'tkazdik. Ko'p jarohatlar oldik. Bizning omadsiz mavsumimizga aynan ushbu musobaqa sabab, - dedi Peres El Chiringuito TV’ga.
Joriy mavsumda "Real" La Ligada 35-turda chempionlik imkoniyatni qo'ldan boy bergach, 2-o'rinni egalladi. Chempionlar Ligasida "qirollik klubi" chorak finalda "Bavariya"ga (1:2, 3:4) imkoniyatni boy berdi. Ispaniya Kubogida 1/8 finalda "Albasete"ga (2:3) mag'lub bo'ldi. Superkubok finalida esa "Barselona"ga (2:3) yutqazdi.



