

Ayni vaqtda 63 yoshli mutaxassis "Benfika" ustozi hisoblanadi. Murabbiy va Lissabon jamoasining kelishuviga ko'ra, kimdir Mourinyuni shartnoma tugashidan avval qo'lga kiritishni istasa, "Benfika" hisob raqamiga 7 million evro o'tkazib berish lozim.
Ma'lumot uchun, Portugaliya jamoasi murabbiy bilan xayrlashish niyatida emas va unga yangi yaxshilangan shartnoma taklif qilishni reja qilgan. Mourinyuning o'zi esa kelajagi borasidagi qarorni mavsum yakunidan so'ng qabul qilishini ma'lum qilgan.



