"Paxtakor" yirik agentlik mijozi bo'lgan iroqlik futbolchiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 17:06
"Paxtakor" Iroq terma jamoasi himoyachisi Zaid Tahsinga qiziqmoqda.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lumot berdi.

24 yoshli himoyachi Iroqning "Al Quva Al Javiya" jamoasi a'zosi bo'lib, o'tgan mavsum 35 o'yinda qatnashgan hamda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uni 450 ming evroga baholagan.

Ma'lumot o'rnida, Federiko Valverde, Kyortis Jons, Denzel Dyumfris, Malo Gyusto, Manuel Akanji, Natan Ake, Jon Stounz va boshqa yulduzlar Tahsinning huquqlariga egalik qiluvchi Wasserman agentligi mijozlari hisoblanadi. 

Eslatib o'tamiz, Zaid Tahsin 2024 yil Qatarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo Kubogida Iroq olimpiya terma jamoasi sardori bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla