Krauch: "Foden va Palmer har qanday holatda ham chaqirilishi kerak"

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 14:58
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Piter Krauch Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibi haqida fikr bildirdi.

Uning fikricha, Fil Foden va Koul Palmer kabi o'yinchilar har qanday holatda ham tarkibga kiritilishi kerak.

"Foden va Palmer kabi o'yinchilar o'yinni o'zgartiruvchi o'yinchilar. Ular hatto jismoniy holati yaxshi bo'lmasa ham, kiritilishi kerak bo'lgan o'yinchilar sirasiga kiradi. Ayniqsa, Palmer sovuqqonligi orqali o'yindan keyingi penaltilar seriyasida ham kerak bo'lardi", – dedi Krauch derbyderbyderby.it saytiga.

2.jpg

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 11 iyunda boshlanadi. Foden va Palmer bormaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: derbyderbyderby.it