Pau Kubarsi XXI asrda ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchi bo'ldi

Khoja
6 mar 2025, 10:27
Barselona himoyachisi Pau Kubarsi Benfikaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka oldi.

Shu tariqa, himoyachi XXI asrda qizil olib maydonni tark etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shuningdek, barcha davrlarda qizil olgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqida Opta Sport ma'lum qildi.

Chempionlar ligasida qizil kartochka olgan eng yosh o'yinchi nigeriyalik himoyachi Celestin Babayaro hisoblanadi. U 1994 yilda Anderlext safida 16 yoshu 86 kunligida qizil kartochka olgan.


KhojaMuallif
Manba: Opta Sport