O'zbekistonning "Ibaraki next generation cup-2023" xalqaro musobaqasi uchun tarkibi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
11 dek 2023, 14:10
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr oyida Yaponiyada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

19 - 25 dekabr kunlari Farxod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyada "Ibaraki next generation cup-2023"da qatnashadi. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi jamoamiz tarkibi ma'lum bo'ldi. 


Futbolchilar - Muratbaev Samandar, Fayzullaev Ro'ziboy, Abdullaev Bexruz (barchasi "Metallurg"), Rizaqulov G'iyos, Usmonov Murodali ("Qizilqum"), Jumaev Asilbek ("Surxon"), Xayrullaev Ravshan ("Turon"), Axmadjonov Narimon ("Bunyodkor"), Fomin Rustambek, Ibraimov Nurali, Urinboev Muhammadali, Saidnurllaev Saidumarxon (barchasi "Paxtakor"), Murkaev Maksim, Jo'raev Jo'rabek, Tuxsanov Daler, Bekmurodov Alijon, Abdurashidov Abduaziz, Rejabaliev Meyerbek, Xaydarov Abdug'afur (barchasi "Olimpik-Farm").  

Bosh murabbiy - Farhod Nishonov

Yordamchilar - Oleg Kaxarov, Kurbaev Ayder, Zaxarov Pavel.

Shifokor - Sabitov Ruslan


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia