O'zbekiston U-23 terma jamoasi Vetnam bilan durang o'ynadi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2025
Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Terma jamoa bu gal Vetnam bilan murosa ko'chasini tanladi. Ravshan Haydarov shogirdlari o'tgan turda Xitoy bilan durang o'ynagan edi. 

O'zbekiston – Vetnam 0:0

Yancheng. "Olympic Sports Center" stadioni

O'zbekiston U-23: Humoyunshox Sayyotov, Otabek Ahadov, Muhammadrasul Abdumajidov, Saidafzalxon Ahrorov, Xondamir Mustafoqulov, Behruz Asqarov, Bilol Tupliev, Diyor Ortiqboev, Nodir Abdurazzoqov, Javohir Ro'ziev, Samandar Mavlonqulov.

Zaxira: Otabek Boymurodov, Edem Nemanov, Izzatillo Po'latov, Javohir Utamurodov, Mahmud Mahamadjonov, Rustam Turdimurodov, Nodir Soipov, Asadbek Rahimjonov, Shahzod Rahmatullaev, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Xislat Xalilov, Jahongir O'rozov.

Mazkur uchrashuvdan so'ng O'zbekiston 2 ochko bilan Vetnam singari 2-o'rinni band etib turibdi. Peshqadam Xitoyda 4 ochko bo'lsa, Koreya Respublikasi 1 ochko bilan oxirgi pog'onaga joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia