O'zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Tojikistonni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 17:17
Bugun O'zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashi 3-turi doirasida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.

Unda O'zbekiston termasi 4:0 hisobida raqibalarini mag'lub etdi.

Tojikiston - O'zbekiston 0:4 

Gollar: Ruhshana Saydabbasova (20), Leyla Oraniyazova (50, 90+5), Sevinch Rahmatullaeva (90+1).

Ayollarimiz dastlabki ikki turda avvaliga Tailand (0:2) hamda Xitoy Taypeyi (0:3) termalariga mag'lub bo'lishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz