O'zbekiston U-17 terma jamoasi ikkinchi o'yinda ham Chilini mag'lub qildi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2025
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi Chilidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham g'alaba qozondi.

Qayd etish kerak, Chiliga qarshi ilk o'rtoqlik o'yini 11 iyun kuni o'tkazilgan va unda Islom Ismoilov jamoasi 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

Chili - O'zbekiston 1:2

Gollar: Maksimo Espinola (78) - Sadriddin Hasanov (10), Azizbek Abdumo'minov (60).

O'zbekiston: Rustamjonov, Hakimov, Bahodirxonov, Murodov, Abdukarimov, Hasanov, Saidov, Fazliddinov, Rustamov, Aliev, Shuhratov.

Zaxiradagilar: Shokirov, Xabibullaev, Sodiqov, Botiraliev, Saidmurodov, Musaxonov, Shukurullaev, Erimbetov, Fayzullaev, Abdumo'minov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz