O'zbekiston – Singapur o'yinini "Sport TV" va "UzReport"da kimlar sharhlaydi?

Sherzod Nurmatov
7 iyun 2021, 15:35
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi yurishini davom ettiradi. Vakillarimiz Singapur terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Sport" telekanalida namoyish etiladigan ushbu bahsni o'zbekchada Abdulla No'rmonov-Dilshodbek To'xtabekov tandemi sharhlasa, ruscha talqinda Otabek Jo'raev sharhlab boradi. Shuningdek, uchrashuvni "UzReport" orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Unda Davron Fayziev bevosita voqea joyidan ishlashi kutilmoqda.  

7 iyun, JCH-2022 saralash bosqichi

 "King Fahd International stadium", Ar Riyod, Saudiya Arabistoni, 

O'zbekiston - Singapur

Boshlanish vaqti: 23:00.

Bosh hakam: Ali Abdulnabi Alsamahiji (Bahrayn)

Yon hakamlar: Navof Shahin Musa (Bahrayn), Fadi Mahmud (Suriya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

Hakamlar nazoratchisi: Umar Musa Abu Lum (Iordaniya)

Uchrashuv komissari: Asep Saputra (Indoneziya)

Darhaqiqat, 23:00 da boshlanadigan bellashuv saytimiz orqali ham matnli translyatsiya qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting. Olg'a, O'zbekiston!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia