O'zbekiston MTJ Eronga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
9 okt 2024
JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi Eronga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rayotgan milliy terma jamoamiz ertangi uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.

"Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan mashg'ulotni Srechko Katanetsning murabbiylar shtabi olib bordi. Ayni vaqtga ko'ra, terma jamoamiz safidagi barcha futbolchilar soppa-sog'.

Eslatib o'tamiz, ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 3-tur doirasida Eron Islom Respublikasi vakillariga qarshi maydonga chiqishadi. Uchrashuv soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Quyida terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Vlado Radmanovich: "Katanets bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz"

Foto: Tolibjon Qosimov


Olg'a, O'zbekiston!


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia