

Yopiq eshiklar ortida tashkil etilgan mazkur bahsda italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshqaruvidagi vakillarimiz 4:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi gollarga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi:
22-daqiqa: Igor Sergeev o'yindagi dastlabki golni kiritib, hisobni ochdi;
51-daqiqa: Dostonbek Hamdamov ikkinchi golni urdi;
61- va 82-daqiqalar: Azizbek Amonov ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.








