

2 iyun kuni 19:00 da pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klub 1/8 final bosqichini o'z maydonida qabul qiladi. Guruhda ikkinchi bo'lgan klub esa yagona o'yindan iborat pley-off bosqichini safarda o'tkazadi. Bir guruhda kurash olib borgan ikki klub 1/8 finalda o'zaro raqib bo'lmaydi.



