O'zbekiston-Iroq uchrashuvi Iordaniyadan matnli translyatsiya qilinadi

9 sen 2019, 19:27
Xabaringiz bor, o'rtoqlik maqomi ostida kechadigan vakillarimiz va iroqliklar o'rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ushbu o'yinni Sport TV kanali texnik muammo sababli jonli efirda namoyish eta olmasligi haqida biroz avval xabar berib o'tgandik. Championat.asia sayti siz aziz futbol ishqibozlari uchun mazkur uchrashuvni yoritib borishni maqsad qilgan. Iordaniyada bo'lib turgan muhbirlarimiz onlayn matnli translyatsiya orqali o'yin tafsilotlarini etkazib turishga harakat qilishadi. 

Shunday ekan saytimizni kuzatishda davom eting!


Manba: championat.asia