O'zbekiston futzal MTJ KONKAKAFning 3-raqamli termasiga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda o'tadigan mundialga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi - Gvatemalaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. O'yinlar 11, 12 iyul kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.

O'zbekiston yangilangan dunyo reytingida 23-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Gvatemala terma jamoasi reytingda 33-pog'onani band etgan.

Ma'lumot o'rnida, Gvatemala KONKAKAFda Kosta-Rika va Panamadan keyingi eng kuchli uchinchi jamoa sanaladi.



Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha mundial 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати