

Uchrashuv bosh hakami sifatida Sato Ryuji tayinlangan. Unga qanotlarda Sagara Toru hamda Ochi Shinji yordam beradi. To'rtinchi hakam – Pu Udom Sivakorn (Tailand).
Uchrashuv inspektori sifatida qirg'izistonlik Viktor Kolpakov faoliyat olib boradi. Kommissar – Muhammadrizo Kasray (Eron).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Filippin uchrashuvi 24 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.



