O'zbekiston BAA bilan o'ynaydi, Ro'ziqul Berdiev vaqtincha bosh murabbiy

Tolibjon Qosimov
17 okt 2017, 16:07
Joriy yil O'zbekiston milliy terma jamoasi oldida jiddiy o'yinlar yo'qligi bois, O'FF yangi murabbiy tanlashdan oldin uning barcha sifatlariga jiddiy e'tibor qaratishni maqul ko'rgan ko'rinadi, shu sabab murabbiyni e'lon qilishda shoshmayapti.

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning BAAga qilgan safaridan so'ng mezbonlar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishilgan. Ma'lum bo'lishicha, 14 noyabr kuni bo'lib o'tadigan bu o'yinga terma jamoamizni vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turadigan Ro'ziqul Berdiev boshlab tushadi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia