O'tgan yil oxirida "Lokomotiv"ga o'tgan Bekmurodov faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2025
2024 yilgi mavsumni "Andijon"da o'tkazgan Farhod Bekmurodov yil oxirida "Lokomotiv"ga o'tgan edi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Bekmurodov "Qizilqum" bilan kelishuvga erishgan va bugun o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (0:0) nazorat uchrashuvida navoiyliklar sharafini himoya qildi.

Bekmurodov yakunlangan mavsumda "Andijon" safida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia