Oston O'runov BAAga qarshi o'yinda maydonga tushmaydimi?

Alisher
13 okt 2024
O'zbekiston MTJ yarim himoyachisi Oston O'runov JCH-2026 saralash doirasidagi BAAga qarshi o'yinda katta ehtimol bilan maydonga tushmaydi.

Futbolchi terma jamoamizning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. O'runov Eronga qarshi 10 oktyabr kungi o'yinda zaxiradan maydonga tushgandi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar xavbek "Persepolis" safida jarohat olgan va Toshkentdagi tibbiy ko'rikdan so'ng uning jarohati jiddiy emasligi ma'lum bo'lgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia